Maxfiylik siyosati
Serverly faqat xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni yig'adi va ularni uchinchi shaxslarga sotmaydi.
Qanday ma'lumotlar yig'iladi
- Ism, email va telefon raqami — akkaunt va xabarnomalar uchun.
- To'lov tarixi. Karta ma'lumotlari to'lov provayderida (Click, Payme, Uzum) qoladi, bizda saqlanmaydi.
- Kirish loglari va IP manzillar — xavfsizlik va audit uchun, 90 kun saqlanadi.
Ilovalaringiz ma'lumotlari
Sizning ilovalaringiz va bazalaringizdagi ma'lumotlarga xodimlarimiz faqat sizning so'rovingiz yoki qonuniy talab asosida kiradi. Secret'lar shifrlangan holda saqlanadi.
Ma'lumotlarni saqlash joyi
Serverlar O'zbekiston hududida joylashgan.
Huquqlaringiz
Istalgan vaqtda ma'lumotlaringizni eksport qilishni yoki akkauntni o'chirishni so'rashingiz mumkin (Sozlamalar → Profil).